O‘zbekistonda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” qonun ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

2019 yilda 38 ta yangi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bular orasida “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham mavjud. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Adliya vazirligiga Dastur ijrosining monitoring qilib borish vazifasi yuklandi.

Dasturga ko‘ra, 2019 yilda jami 38 ta qonun loyihasining ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, shundan 15 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq.

Jumladan, dasturga muvofiq 2019 yilda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish nazarda tutilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Valyuta bozori

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar