O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Bu qiziq
−
25 fevral 2019
14212O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hafta davomida mamlakatda hukm suradigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
26-27 fevral kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, respublika janubi va cho‘l zonalarida +20 darajagacha ko‘tariladi, bu shu davr uchun ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratdir.
28 fevraldan 2 martgacha respublikamiz hududiga Turkmaniston hudularidan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi. Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28 fevralda va 1 martda ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 2 mart kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi.
Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, 28 fevral 1 mart kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 martda +10...+15 daraja, tog‘li hududlarda -2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi