O‘zbekiston vizasini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
12 fevral 2019 4970 1 daqiqa
Turkmaniston Respublikasi fuqarosi M.K. fuqaro Z..J.ni aldab, ishonchiga kirib va ishonchini suiiste’mol qilib, uning Turkmanistonda yashovchi xolasi N.J.ga O‘zbekiston Respublikasi vizasini olib berish evaziga 300 AQSH dollari talab qiladi. Bu haqda Bosh prokuratura "Xalq so‘zi"ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Buxoro viloyat boshqarmasi va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar “Namozgoh” ko‘chasida joylashgan “Mirxan” kafesi oldida kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSH dollarini olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Turkmaniston Respublikasi fuqarosi M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr