O‘zbekiston va Tojikistonni o‘zaro bog‘lovchi yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ishga tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi yana bir o‘tkazish punkti ish boshladi. Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Bog‘dara” qishlog‘ida “Bobotog‘” chegara bojxona punktining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Bu yerda istiqomat qiluvchi aholi qo‘shni davlat bo‘lsa-da, shundoqqina yonginasida, chaqirsa ovozi yetgudek masofada yashayotgan qavmu-qarindoshlarining holidan xabar olish uchun 110 km olisdagi “Sariosiyo” chegara-bojxona postiga borishar, Tojikiston bo‘ylab esa yana 40-50 km. yo‘l bosishar edi.

Postda jismoniy shaxslar, tovar va transport vositalarining qisqa muddatda va samarali ravishda bojxona nazoratidan o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bu borada 300 mln so‘mlik bunyodkorlik ishlari  amalga oshirilgan. Postga eltuvchi yo‘llarga asfalt yotqizilib, yoritgichlar o‘rnatilgan, yon-atrof ko‘kalamzorlashtirilgan. 

Shuningdek, bu yerda chegarachilar, o‘simliklar karantini, sanitariya epidemiologiya, veterinariya nazorati mutaxassislari, sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish sharoit yaratilgan. 

Shu kuni “Bobotog‘” nazorat o‘tkazish punktiga tutash hududda Tojikiston Respublikasining “Hisor”chegara-bojxona posti ham ish boshladi. Endilikda chegaradosh hududlarda muntazam bordi-keldi aloqalari yo‘lga qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

23

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing