O‘zbekiston parlamenti deputati vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a’zosi Jamila Niyozova 60 yoshida olamdan ko‘z yumdi. 

Qoraqalpoq millatiga mansub ko‘zga ko‘ringan deputatlardan biri Jamila Niyozova 1958 yilning 14 aprel kuni Nukus shahrida tavallud topgan edi. 

U 1980 yilda Toshkent davlat universitetini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Yuridik fanlari nomzodi. 

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan Jamila Niyozova 2005-2010 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. U 2010 yilda ham O‘zbekiston Qonunchilik palatasi deputatligiga qayta saylangan. U Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining a’zosi edi. 

Jamila Niyozova 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan Jamila Niyozovaning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.  
 


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Jamila Niyozova

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing