O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida zilzila qayd etildi

Olam

image

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazidan ma’lum qilishlaricha, bugun, 25 fevral kuni   Toshkent vaqti bilan soat 07:34, Olmaota vaqti bilan 08:34 da (25.02.2019 da 02:42 Grinvich bo‘yicha) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan.  

Yer osti silkinishlari emimarkazi Olmaota shahridan 688 km shimoli-sharqda, Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida ekani aytilmoqda. 

Zilzila 3-4 magnitudada, 15 km chuqurlikda qayd etilgan. Toshkentgacha masofa 28 km shimoliy yo‘nalish bo‘yicha. 

Zilzila O‘zbekiston hududida sezilmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing