Zaynab Dayibekova Jahon kubogi g‘olibasi bo‘ldi (foto)
Sport
−
21 noyabr 2021
6811Kecha, 20 noyabr kuni Toshkentda start olgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida birinchi kun bahslari ortda qoldi. Unda ishtirok etgan o‘zbekiston vakilasi Zaynab Dayibekova o‘tkazgan janglarining barchasida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
U hal qiluvchi bahsda rossiyalik Vlada Plexanovadan 15:7 hisobida ustun keldi. Bronza medallari esa Rossiya terma jamoasining boshqa vakillariga nasib etdi.
Tokio Olimpiadasida ishtirokchisi hisoblangan Dayibekova Jahon kubogi davomida Belarus, Ukraina, Rossiya sportchilarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi.
Yoshlar, sablya:
1. Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)
2. Vlada Plexanova (Rossiya)
3. Mariya Zinyuxina (Rossiya)
3. Alina Koralyova (Rossiya)
Bunga qadar Toshkentda 2019 yilning noyabr oyida o‘smirlar o‘rtasida Jahon kubogi o‘tkazilgan va o‘shanda ham Zaynab Dayibekova yakkalik bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogida Rossiya, Ukraina, Misr, Ozarbayjon, Belarus, Polsha, Bolgariya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 60 nafardan ortiq sportchi qizlar yakkalik va jamoaviy bahslarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 21 noyabr kuni qilichbozlar jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
LiveBarchasi