Zavoddagi portlashda jarohatlanganlar soni oshib bormoqda
Olam
−
01 iyun 2019
5793Rossiyaning Dzerjinsk shahridagi "Kristall" zavodida portlash sodir bo‘lgan. Natijada 27 kishi turli darajada jarohatlangan.
Mahalliy sog‘liqni saqlash xodimlariga ko‘ra, jarohatlanganlarning ahvoli unchalik og‘ir emas. Hodisa sabab ikki nafar zavod ishchisi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ayni paytda qutqaruvchilar barcha ishchi xodimlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilgan.
Zavodda portlash sodir bo‘lgan vaqtda 350 nafar ishchi va 40 ta texnika ishlayotgan bo‘lgan. Portlash sabab 100 kvadrat metr hudud yongan.
LiveBarchasi