Zargalik sohasiga 2029 yil 1 fevralgacha qo‘shimcha imtiyoz berilmoqda
Jamiyat
−
13 yanvar 1306 1 daqiqa
O‘zbekistonda zargarlik sohasi uchun 2029 yil 1 fevralgacha keng imtiyozlar joriy etilmoqda. Endilikda zargalik sanoatida ish o‘rinlari soniga qarab, qimmatbaho metall va oltin xaridida 1-4 foizgacha chegirmalar beriladi. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rahimjon Boboyev ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda zargarlik sohasini rivojlantirish uchun qator Prezident farmon va qarorlari qabul qilingan bo‘lib, ular yanada takomillashtirib borilmoqda.
2025 yilda soha tadbirkorlari soni 3,6 baravar oshgan, tayyor zargarlik mahsulotlari eksporti esa 5,1 tonnaga, qiymat ifodasida 439 mln dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 4,7 barobar o‘sish qayd etilgan.
Majlisda ko‘rilgan yangi qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirishga qaratilgan.
Yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Live
Barchasi