Fuqaroning “Cobalt” bo‘yicha arizasi qanoatlantirildi
Jamiyat
−
16 avgust 2019
5500Zarafshon shahridagi 12-kichik tumanda yashovchi Asror Sadirov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga yozma ariza bilan murojaat qildi.
Arizada ma’lum qilinishicha fuqaro 2019 yil aprel oyida “Navoiy-avtosavdo” avtosalonidan 84 164 910 (sakson to‘rt million bir yuz oltmish to‘rt ming to‘qqiz yuz o‘n) so‘mga “Cobalt” avtomobilini sotib olgan. Oradan bir oylar o‘tib, avtomashinaning nuqsonlar paydo bo‘la boshlagan. Ya’ni avtomabilning isitish moslamasi talab darajasida ishlamagan, old qismi oynasida esa nuqsoni bo‘lganligini bilib, bu haqida avtosalon mutaxassislariga xabar qilganligini ma’lum qildi. Ammo hech qanday natija bo‘lmaganligi oradan vaqt o‘tib ketayotganligi va yuqoridagi arizasi yuzasidan amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ariza qonuniy tartibda qabul qilinib, kuzatuv-o‘rganishlar olib borildi. Federatsiya tomonidan “Navoiy-avtosavdo” markaziga yozma murojaat xati yuborildi. Shundan so‘ng salon rahbariyati avtomashinaning nosoz joylarini tuzatib, old oyna qismini almashtirib berishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi