Zarafshonda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ikki avtobus o‘rtasida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lum qilinishicha, YTH joriy yilning 8 noyabr kuni soat 14:40 larda, Zarafshon shahar, 11-kichik tuman, “Jomiy” masjidi chorrahasida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchilari 1964 yilda tug‘ilgan H.T. va 1995 yilda tug‘ilgan A.N. ekanligi aytilmoqda.

“To‘qnashuv natijasida yo‘lovchilardan biri shilinish yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur YTH yuzasidan Zarafshon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Zarafshon

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing