Zaporoje AESga dron hujumi oqibatida reaktor qobig‘iga zarar yetdi

Olam

image

Zaporoje atom elektr stansiyasi hududida dron portlashi 2022 yil noyabr oyidan beri birinchi marta stansiyaning asosiy yadro reaktorining himoya qobig‘iga zarar yetkazdi. Bu haqda kecha, 7 aprel kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Bosh direktori Rafael Grossi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi

Unga ko‘ra, reaktor blokirovkasida kamida 3 ta zarba bo‘lgan. Grossi hodisa Zaporoje AESda "yadro xavfsizligiga tahdidlarning jiddiy kuchayishi" ekanini ta’kidladi.

“Bunday ehtiyotsiz hujumlar yirik yadroviy avariya xavfini sezilarli darajada oshiradi va u zudlik bilan to‘xtatilishi kerak”, deydi u.

Zaporoje AES hududida uchuvchisiz samolyot portlagandan so‘ng, Rossiya tomoni hujumda Ukraina Qurolli kuchlarini aybladi. Bunga javoban Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov hodisada Rossiya qo‘shinlarini ayblab, dron zarbasini “simulyatsiya” deb atadi.

Rossiya harbiylari 2022 yil mart oyi boshida Zaporoje atom elektr stansiyasini egallab oldi. Ushbu ob’ekt qayta-qayta o‘qqa tutilgani uchun xalqaro hamjamiyat xavotirga tushdi.

Joriy yilning mart oyi boshida Rafael Grossi Rossiya harbiylari nazorati ostidagi Zaporoje AESda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning yadroviy va jismoniy xavfsizlik bo‘yicha yettita protokolidan oltitasi to‘liq yoki qisman buzilganini aytdi.

7 mart kuni agentlik Boshqaruvchilar kengashi rossiyalik harbiylarni Zaporoje AESdan zudlik bilan olib chiqib ketish va uni zudlik bilan Ukraina vakolatli organlarining to‘liq nazoratiga qaytarishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Kreml agentlikning chaqirig‘ini rad etib, uni “Rossiya suvereniteti va hududiy yaxlitligiga hujum” deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya nazoratiga o‘tgandan so‘ng, Zaporoje atom elektr stansiyasi o‘z hududidan tashqarida elektr uzatish liniyalari shikastlangani sababli sakkiz marta quvvatsizlangan. O‘chirish vaqtida yadro yoqilg‘isining reaktorlar va sovutish havzalarida xavfsiz holatda saqlanishiga tahdid mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zaporoj'e AES Zaporoj'e dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made