Zaporoje AESda yong‘in chiqdi

Olam

image

Kecha, 12 avgust kuni Ukainaning Rossiya tomonidan  bosib olingan Zaporoje atom elektr stansiyasining yuk porti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Ukraina tomoni AES hududida yadroviy xavfsizlik buzilganini ta’kidlamoqda va hodisani  Rossiya harbiylarining o‘z texnikasi va shaxsiy tarkibini Zaporoje AES  hududida doimiy ravishda joylashtirishi bilan bog‘lamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in yuk porti stansiyaning qo‘riqlanadigan perimetri hududidan tashqarida sodir bo‘lgan.

“Bu hodisa yana bir bor Yevropadagi eng yirik yadroviy ob’ektga – Rossiya okkupatsiyasi tufayli yuzaga kelayotgan tahdidlarga e’tibor qaratadi. Rossiya harbiylarining Zaporoje AES hududida o‘z texnikasi va shaxsiy tarkibini doimiy ravishda joylashtirishi, shuningdek, stansiyaning ukrain xodimlariga uzluksiz ravishda psixologik bosim o‘tkazishi xalqaro huquq va yadroviy xavfsizlikning asosiy tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, deydi vazirlik.

Xabarda aytilishicha, Zaporoje AES sanoat maydonida har qanday provokatsiya yoki harbiy harakatlar butun qit’a uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan va halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Yadroviy xavfsizlikni tiklashning yagona yo‘li – Zaporoje AESni darhol va to‘liq demilitarizatsiya qilish, okkupatsiyadan ozod etish hamda uni qonuniy operator nazoratiga to‘liq  qaytarishdir”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Xalqaro ekspertlar hodisa radiatsiya fonini o‘zgartirmaganini aytmoqda. Xususan, Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAEA) xabarida shunday deyiladi:

“Xalqaro atom energiyasi agentligi xodimlari bugun Ukrainadagi Zaporoje AES ma’muriy binosidan tutun ko‘tarilayotganini kuzatdi. Bu sovutish minoralari yaqinida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlardan so‘ng sodir bo‘ldi. Radiatsiya darajasi oshmagani, yadro xavfsizligiga ta’sir qilmagani va qurbonlar qayd etilmaganini bosh direktor Rafael Grossi tasdiqladi”.


Ma’lumot o‘rnida, Yevropadagi eng yirik ob’ekt bo‘lgan Zaporoje atom elektr stansiyasi keng ko‘lamli urushning dastlabki kunlaridan beri Rossiya tomonidan nazorat qilinadi, u elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi.

Dilbar Shoakromova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya AES Zaporoj'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing