Zangiotadagi shifoxonada “svet” o‘chishi natijasida qancha bemor o‘lgan? Muassasa mas’uli javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘tgan bir yil davomida koronavirusga qarshi kurashda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi muhim rol o‘ynadi. Aslida, shifoxona aynan koronavirus bemorlarini davolash uchun barpo etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa zamonaviy talablarga javob berishi aytilgan mazkur yirik tibbiyot muassasasining elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lgani, natijada kislorod yetkazib berish apparatlari ishlamay qolib, u yerda davolanayotgan bemorlar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi va bahslarga sabab bo‘ldi.

Mazkur xabarlar qanchalik haqiqat ekanini bilish uchun QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” mehmoni 1-Zangiota maxsus shifoxonasi direktori o‘rinbosari Olimjon Isxakovga yuzlandik.

“Mish-mishlarga ishonish oqibatida o‘zimizga ishni ko‘paytirib yuboramiz. Aslida, unday holat bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas. Qisqa muddatda qurib bitkazilgan Zangiota shifoxonasida bu tomonlari hisobga olingan. aytaylik, elektr ta’minoti uzilib qolsa, avtomatik ravishda dizel generatorlar ishga tushadi. Ular ham ishdan chiqsa, ikkinchi dizel genaratorlar ulanadi. Agar u ham ishdan chiqsa apparatlarimizning o‘zi 1 soatgacha ishlab tura oladi. Elektr toki bo‘lmasligi natijasida bemorning vafot etishi mumkin emas”, deydi Olimjon Isxakov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

961

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing