Zangiotadagi avtohalokatda bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda 8 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari Bobur To‘laganov rasmiy ma’lumot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqea joriy yilning 9 iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Spark avtomobili haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketishi oqibatida, shu yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashib ketgan.

“Yo‘l transport hodisasi oqibatida yo‘nalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan. 8 emas 1 nafar fuqaro, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan Spark haydovchisi vafot etgan. Qolgan ishtirokchilar turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Zangiota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing