Zangiotadagi harbiy qismda 20 yoshli yigit o‘zini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
17 yanvar 2023
16536Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlardan birida xizmat o‘tayotgan 20 yoshli yigitning uyiga jasadi qaytgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 11 yanvar kuni soat taxminan 10:15 larda Toshkent viloyatidagi harbiy qismlarning birida oddiy askar o‘ziga biriktirilgan AKS-74 rusumli avtomat bilan o‘zining bosh qismiga qaratib, o‘q uzganligi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Harbiy qism tibbiyot xodimlari uni darhol O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy klinik gospitaliga olib ketgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan hodisa joyida Toshkent harbiy prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini otgan askar 2003 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Xudoyzor” mahallasida yashagan. U harbiy xizmat o‘tash uchun Toshkent viloyati Zangiota tumaniga 2022 yilning may oyida ketgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi