Zangiotada yosh yigit belkurak bilan bir odamni o‘ldirib qo‘ydi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
10374Joriy yilning 30 may kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yosh yigit o‘zaro kelishmovchilik ortidan 38 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
30 may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Bo‘zsuv qo‘rg‘oni Madaniyat ko‘chasida, 38 yoshli X.B., 21 yoshli B.N. bilan o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib, keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon dog‘lariga o‘xshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-ko‘k rangli qon dog‘lariga o‘xshash moddalar bo‘lgan erkaklar futbolkasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi