Zangiotada qalbaki 5 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
17 mart 2021
3604Toshkent viloyati Zangiota tumanida qalbaki 5 ming AQSH dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.Yu., D.X., R.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro D. ga qalbaki 100 AQSH dollarini haqiqiy 50 AQSH dollariga sotishga kelishib, qalbaki 5 000 AQSH dollarini 2 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi