Zangiotada IIB xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Unda erkak IIB xodimlari uni 6 soat davomida yalang‘och holda sovuqda saqlashganini ham aytgan. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 noyabr kuni kechki soat 20:00 larda Zangiota tumani, “Ramadon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Markaziy ko‘chasida yashovchi fuqaro U.X. (ona) murojaat qilib, o‘g‘li, ishsiz, 1974 yilda tug‘ilgan U.M. muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilishini, ayni vaqtda uyda janjal qilib, onasi va yaqinlariga tazyiq o‘tkazayotganini aytib, yordam so‘ragan.

Voqea joyiga yetib borgan Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tartibbuzar qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (Mayda bezorilik), 187 (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) hamda 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bilan materiallar rasmiylashtirish vaqtida, fuqaro U.M. IIBning ma’muriy binosidan qochib ketib, go‘yoki unga nisbatan kuch ishlatilgani haqida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.

Hozirda fuqaro U.M. ichki ishlar organlariga olib kelingan hamda unga nisbatan, yuqoridagi moddalarga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40 (Tuhmat) bilan materiallar rasmiylashtirilib sudga taqdim etilgan.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, fuqaro U.M. IIB binosiga olib kelingan vaqtida Tez tibbiy yordam bo‘limi ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tez-tibbiy yordam bo‘limi ma’lumotnomasiga ko‘ra fuqaro U.M.da “mastlik holati va chap yuzida shilingan jarohati” borligi  ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing