Zangiotada 38 yoshli erkak 14 yashar qizni 8 oy zo‘rlab kelgani aytilmoqda
3-sahifa
−
12 Iyul 2022 38423 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanida 38 yoshli erkak 14 yashar qizni 8 oy davomida zo‘rlab kelgani va agar qiz buni kimgadir aytsa o‘ldirish bilan qo‘rqitib kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 8 iyul kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Zangiota tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr