Zangiota “zam” hokimi $15 500 pora bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi va tuman kadastr bo‘limi sobiq xodimi 15 500 AQSH dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Yu. va tuman kadastr bo‘limi sobiq xodimi U.A. bilan oldindan til biriktirib, xususiy tadbirkor R.ning ishonchiga kirgan. 

Shundan so‘ng, ular tadbirkorga “Mevazor” MFYda joylashgan 8 sotix yer maydonida turar-joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berish hamda kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga o‘tgan yil davomida jami 15 500 dollarni qo‘lga kiritib kelgan. Yana 1 000 dollarini olgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni Bosh prokuratura Zangiota tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.U. qidiruvga berilganini ma’lum qilgandi. 

Jinoyat ishi doirasida Zangiota tumani hokimining o‘rinbosariga Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan ayblov e’lon qilinib, sirtdan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda qidiruv e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing