Zangiota hokimligi mansabdori yer sotayotganda qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
18 dekabr 2019
6501Zangiota tumani hokimligining mansabdori 120 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi. U 0,3 gektor yerni pullayotgan bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Kecha, 17 dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MCHJ rahbari M.S. lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jamiyatga tegishli bo‘lgan Zangiota tumani, “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Kelgusida ham yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmasdan, yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish qilish va hamda yerlardan qonunga zid foydalanganlik holatlari bo‘yicha, qat’iy choralar ko‘rilib, jazo muqarrarligi ta’minlanadi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. .
LiveBarchasi