Zamonaviy Viessmann isitish qozonining qulayligi va tuzilishining soddaligi

Biznes

image

Isitish jihozini o‘rnatish va undan foydalanish hatto tayyorgarlik ko‘rmagan foydalanuvchi uchun ham oson va tushunarli bo‘lishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Xona va suv isitish qozoni nafaqat tejamkor va samarali, balki sodda boshqariladigan bo‘lishi ham lozim – sotuvchidan, o‘rnatish va ishga tushirish mutaxassisidan tortib, to oddiy foydalanuvchigacha, hatto u o‘smir yoki keksa inson bo‘lsa ham, – hamma uchun u bilan ishlash oson bo‘lsin. 

Bunday texnika mavjud! Sifatli nemis isitish jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi – Viessmann kompaniyasi.  Viessmann mahsuloti O‘zbekiston bozorida rasman 2004 yildan buyon taqdim etiladi va o‘tgan davr mobaynida mahalliy iste’molchilar ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Loyihachilar Viessmann`ni tanlaydilar

Hammasi loyihadan boshlanadi. Puxta ishlab chiqilgan loyiha jihozning kerakli quvvatini isitiladigan bino ehtiyojiga qarab aniqroq hisoblab chiqish imkonini beradi. Albatta, isitish uskunalarining quvvatini taxminan mo‘ljallash va har kuni sizga qancha issiq suv kerak bo‘lishini taqriban hisoblab chiqish mumkin. Ammo, pirovardida, agar yuklama keragidan ortiq bo‘lsa, bu gaz va elektrning ortiqcha sarfiga olib keladi, agar yetarlicha bo‘lmasa – siz uyingizni isita olmay, yetarli miqdorda issiq suv hozirlay olmay qolasiz. Bu sanoat ko‘lamlarida ayniqsa yaqqol seziladi – energiya tejamkor jihoz energiya resurslarini sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Aynan shu sababli, hisob-kitoblarda aniqlik muhim sanaladi, tanlangan jihoz esa berilgan parametrlarga qat’iy muvofiq kelishi lozim. Viessmann pand berib qo‘ymaydi va loyihalashtirish bo‘yicha tajribali mutaxassislar bundan xabardor, shu sababli ushbu ishlab chiqaruvchiga eng muhimini – uydagi issiqlik va qulaylikni ishonishadi. 

Ekspertlar Viessmann`ni tanlaydilar

Isitish qozonini tavsiya etishda nima muhim? Uning sifati va ishonchli servis qo‘llab-quvvatlash mavjudligi. Tajribali ekspertlar Viessmann`ni bexavotir tavsiya etadilar, chunki u sohadagi xalqaro standartlarni belgilab beribgina qolmay, sifatli servis qo‘llab-quvvatlashiga ham ega. O‘zbekistondagi Viessmann rasmiy vakolatxonasi ekspertlari maishiy va sanoat ko‘lamlarida isitish tizimlari bo‘yicha og‘zaki va sayyor konsultatsiyalar berishga tayyorlar. Servisning yuksak darajasi, taklif etilayotgan jihozning sifati va uzoq muddatli kafolatli xizmat ko‘rsatish – mana shular Viessmann`ni isitish jihozlari orasida yetakchiga aylantiradi. 

Injiniring kompaniyalari Viessmann`ni tanlaydilar

Injiniring kompaniyalari qurilish va muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazishga oid to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etadilar. Ular isitish qozoni qulaylik va shinamlikning asosi ekanligini aniq biladilar. Viessmann qattiq qotishmali qozonining mustahkamligi va qalinligi hatto tuz miqdori yuqori bo‘lgan suvning uzoq ta’siri davomida ham jihozning ishonchli bo‘lishi va uzoq xizmat qilishini ta’minlaydi. 

Isitish qozoni hatto gazning past bosimida ham, elektr tarmog‘idagi kuchlanishlar tushib ketishida va suvning kam bosimda kelishida ham ishlayveradi, bu mamlakatimizning chekka mintaqalari uchun ayniqsa dolzarbdir. Jihozning ishonchliligi va montajning osonligi Viessmann`ni isitish jihozlari mahalliy bozorining yetakchilaridan biriga aylantiradi. 

Mijozlar Viessmann`ni tanlaydilar

Viessmann jihozlarida FIK ko‘rsatkichining yuqoriligi (98%) uydagi odatiy qulaylik va issiqlikni yo‘qotmay, resurslar sarfini maksimal kamaytirish imkonini beradi. Yondirgichga gazning avtomatik uzatilishi qozonga ko‘chadagi haroratga moslashish va energiya resurslarini bekorga ishlatmaslik imkonini beradi. Bu boshqa zamonaviy qozonlarga solishtirganda gaz sarfini 17%dan 24%gacha tejashga imkoniyat yaratadi. Butun qish mavsumida, ayniqsa tijorat va sanoat qozonlari borasida, yaxshigina iqtisodga erishiladi. Ko‘pgina iste’molchilar maksimal raqamlashtirilganlikni va qozonni o‘z smartfonlari orqali boshqarish imkoniyatini qadrlaydilar. Viessmann iqlimiy yechimlar yaratish uchun barcha yo‘nalishlarda ishlanmalar bilan uzluksiz shug‘ullanadi, u innovatsion texnologiyalar borasida haqiqiy yetakchi! Bunday jihozni o‘rnatar ekansiz, yaqin o‘n yillar davomida uning samaraliligi va zamonaviyligi saqlanib qolishiga amin bo‘lishingiz mumkin. 

“Yaxshiyam sizda Viessmann o‘rnatilgan ekan!”

- deydilar chaqiruvga kelgan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar. Qozonlar uchun barcha ehtiyot qismlar standartlashtirilgan – zarur bo‘lganda kerakli detalni topish va almashtirish juda oson. 

Viessmann – kompleks yechimlar yetakchisi. Isitish jihozi borasida muammolar bormi? Yordam yoki konsultatsiya kerakmi? 

Bog‘lanish uchun telefon: +998 90 945 09 00         +998 97 719 95 97

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing