Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi – Prezident
Jamiyat
−
13 yanvar 3759 2 daqiqa
Turli mintaqaviy mojarolar kengayib, qurollanish poygasi avj olmoqda. Umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, xalqaro huquq normalari va xalqaro diplomatiya zaiflashib bormoqda. Bu haqda bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishida so‘z bordi.
“Bir narsani tushunib olish zarur. Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi. Endi qaysi davlat faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanib g‘alaba qozonaman desa, qattiq adashadi. Hozirgi janglar sun’iy intellekt, raqamli boshqaruv, uzoq masofaga yuqori aniqlikda zarba beruvchi vositalar, kiber va robot texnologiyalar, siyosiy-iqtisodiy bosim asosida olib borilmoqda”, deydi davlat rahbari.
Prezident tinchlik va xotirjamlik eng qimmat boylikka aylanayotganini bir daqiqa ham unutmaslik lozimligini ta’kidlagan. Bu boylikni asrab-avaylash uchun esa har bir soha va tarmoq xavf-xatarlarga oldindan javob qaytarish bo‘yicha “proaktiv ish rejimi”ga o‘tishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Oliy Bosh Qo‘mondon kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
Uning qayd etishicha, harbiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
“Shuni unutmaslik kerakki, harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish armiyaning yangi qiyofasini shakllantirishning asosiy shartidir”, deydi Prezident.
Live
Barchasi