Zaharli hamla. Bir kechada 500 misrlik chayonlar hujumiga uchradi

Olam

image

Kecha, 13 noyabr kuni Misr janubidagi Asuan provinsiyasida 500 dan ortiq odam chayon chaqishidan jabrlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Xolid Abd al-G‘affor ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu holat juda kam uchraydigan kuchli yomg‘irlar bilan bog‘liq. Tabiiy ofat oqibatida 5 ta uy vayron bo‘lgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tushuntirishicha, yog‘ingarchilik tufayli chayonlarning uyalari zarar ko‘rgan va shu sababli ular uyalarni tark etib, odamlar yashaydigan hududlardan chiqib qolgan. 

“Asuanda 503 nafar fuqaro chayon chaqishi uchun antidot oldi... chaqishdan o‘lganlar yo‘q. Chayon chaqib olgan barcha fuqarolar, allaqachon, shifoxonalardan chiqarilgan”, deyiladi xabarda. 

Vazirning ishontirishicha, chayon va ilon chaqishiga qarshi dori vositalarining strategik zaxirasi mamlakatdagi barcha shifoxonalarda yetarli. Bundan tashqari, 2000 dan ortiq tez tibbiy yordam mashinasi va 48 ta yo‘ltanlamas avtomobil odamlarga yordam ko‘rsatish uchun tayyor turgani aytilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing