Zaharlangani aytilgan qo‘qonlik bloger vafot etdi

Jamiyat

image

Facebook’dagi “Qo‘qonjonim” sahifasining og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan moderatori Iqboljon Komiljonov kecha, 15 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov ma’lum qildi.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov 8 kun shifoxonada yotgan blogerga qanday tashxis qo‘yilgani haqida ma’lumot berdi.

“Iqbol Komiljonov 8 kundan beri kasallik bilan kurashishimizga qaramasdan vafot etdi. Hozirgi kundagi barcha diagnostik davolash ishlarini amalga oshirdik. Afsuski, kasallik o‘z kuchini ko‘rsatib, vatandoshimiz vafot etdi. Iqbol Komiljonov 7 sentyabr kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga kelishi bilan reanimatsiyaga olingandi. Unga ikki tomonlama pnevmoniya, qandli diabetning 2-turi, yurak ishemik kasalligining ikkinchi turi hamda nafas va qon aylanish tizimining buzilishi tashxisi qo‘yilgandi”, deydi Husan Mamajonov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Iqbol Komiljonov ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi kamchilik va muammolarni yoritib borishi bilan tanilgan. Bloger shifoxonaga tushgan vaqtida unga ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing