“Yuventus” va “Chelsi” futbolchi almashishi mumkin
Sport
−
11 iyul 2023
1868Italiyaning “Yuventus” klubi serbiyalik futbolchisi Dushan Vlahovichni belgiyalik Romelu Lukakuga almashtirishga tayyor. Bu haqda “Football.London” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, dastlab Turin klubi “Chelsi”ning serbiyalik hujumchini transfer qilish bo‘yicha birinchi taklifini rad etgan. Londonliklar Vlahovich uchun taxminan 60 million yevro taklif qilgan.
Biroz vaqt o‘tgach, “Yuventus” “Chelsi”ga agar shartnomaga Romelu Lukaku kiritilsa, Vlahovichning narxini 25 million yevroga tushirishi haqida ma’lum qildi.
Ikki futbolchining ham amaldagi klubi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Vlahovichning qiymati 70 million yevroni tashkil etsa, Lukakuning narxi 40 million yevroga baholangan.
Ortda qolgan mavsumda Vlahovich Italiya chempionatida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lukaku esa Angliya chempionatida 25 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi.