“Juventus” va “Bavariya” de Ligtning narxini kelisholmayapti

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi “Juventus”ga Matteys de Ligt transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda “Get German Football News”  nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” niderlandiyalik markaziy himoyachi uchun 60 million yevro va qo‘shimcha ravishda 10 million yevrodan ortiq miqdordagi bonus to‘lamoqchi. Biroq “Juventus” Matteysning sotuvi ortidan taxminan 80 million yevro ishlab olmoqchi. 

Qayd etish joizki, Matteys nemis klubini bolaligidan qo‘llab-quvvatlab kelgan va 2019 yilda “Ayaks”dan Myunxen jamoasiga o‘tishni xohlagan. Biroq transfer summasi juda katta bo‘lgani uchun “Bavariya” de Ligtni sotib olishdan voz kechgan. 

Shuningdek, Germaniya chempioni bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning shaxsan o‘zi iqtidorli himoyachining transferidan manfaatdor va u jamoa himoyasi yetakchisiga aylanishini kutmoqda. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Matteys de Ligt “Juventus” safida Italiya A Seriyasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing