“Yuventus” Ronalduga 9,8 million yevro tovon puli to‘laydi 

Sport

image

Turin Mehnat sudi “Yuventus” klubining sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga 9,8 million yevro tovon puli to‘lash haqidagi qaror yuzasidan bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil aprel oyida arbitraj hay’ati ko‘pchilik ovoz bilan portugaliyalik futbolchining klubga nisbatan moliyaviy da’volarini qisman qanoatlantirgan va “Yuventus”ni Ronalduga taxminan 9,8 million yevro hamda foizlarni to‘lashga majbur qilgan edi. Endilikda sudya Jan Luka Robaldo Italiya klubi tomonidan kiritilgan apellyatsiyani rad etib, arbitraj hay’atining qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Ronaldu koronavirus pandemiyasi davrida klubga moliyaviy yukni yengillashtirish maqsadida “Yuventus”da maoshining bir qismini vaqtincha kamaytirishga rozi bo‘lgan. Biroq, u keyinchalik ushbu mablag‘lar to‘liq qoplanmaganini da’vo qilgan. Dastlab futbolchi 19,6 million yevro miqdorida ish haqi to‘lab berilishini talab qilgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” safida to‘p surgan. Ushbu davrda u klub bilan birgalikda ikki marta Italiya chempionligini va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan. Hozirda portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Yuventus” tovon puli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing