“Yuventus” “Real Madrid” himoyachisini xarid qilmoqchi

Sport

image

Italiyaning "Yuventus" klubi "Real Madrid” jamoasining chap qanot himoyachisi Ferlan Mendiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Jeunes Footeux” xabar bermoqda.

Mendi “Yuventus”ning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin, biroq fransuz futbolchisini sotib olish oson bo‘lmasligini his qilib turibdi. Sababi, Ferlan oxirgi ikki mavsumda “los-blankos”ning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ferlan Mendi “Qirollik” klubi safiga 2019 yili Fransiyaning “Lion” jamoasi safidan kelib qo‘shilgan. Uning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar kuchda bo‘ladi. Himoyachi joriy mavsumda “los-blankos” safida 24 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylagan. Mendini “Transfermarkt” portali 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing