“Yuventus” qishda Rakitichni xarid qilishga urinib ko‘radi
Sport
−
04 Sentabr 2019
2607Turinning "Yuventus" klubi hanuz "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichga qiziqmoqda.
Italiya klubi o‘yinchini Federiko Bernandeskiga almashtirishni xohlayotgan edi, yakunda bitim imzolanmay qoldi. Ispan klubi "Yuventus" xorvatiyalik o‘yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Tomonlar transferni yanvarda amalga oshirishga umid qilmoqda.
31 yoshli Ivan Rakitich o‘tgan mavsum 54ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urib, 10 ta golga assistentlik qilgan.
Uning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.
Xorvatiyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safiga 2014 yilda "Sevilya"dan o‘tgan edi. Bungacha “Bazel" va "Shalke 04" klublarida o‘ynagan.