Yuridik universitetga olib kirishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Jamiyat
−
12 aprel 2019
4590Abituriyentni Toshkent davlat yuridik universitetiga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv olib borilgan. Natijada, fuqaro M.G. 2018 yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi