Yurgen Klopp “Real Sosedad” futbolchisini “Liverpul”da ko‘rmoqchi 

Sport

image

“Real Sosedad” va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak keyingi transfer mavsumida faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Euro Football” nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, Angliya Premer ligasining bir nechta klublari Isakni sotib olish uchun harakat boshlashgan. Avvalroq, futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirgani aytilgandi. Endilikda“Liverpul” ham forvard uchun kurashga qo‘shilgani aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ehtimoliy transferning asosiy tashabbuskori mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp. Nemis mutaxassisiga tarkibni rotatsiya qilish uchun hujum chizig‘iga yangi futbolchi kerak va Isak Klopp uchun ideal nomzod hisoblanadi.

“Qizillar” shved transferini yozda amalga oshirish niyatida. Potensial transfer taxminan 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Aleksandr joriy mavsumgi Ispaniya La ligasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing