Yurak yetishmovchiligini oldindan ayta oladigan moslama yaratildi

Salomatlik

image

Isroillik tadqiqotchilar elektrokardiografiya (EKG) testlarini tahlil qilish va yurak yetishmovchiligini misli ko‘rilmagan aniqlik bilan bashorat qilishga qodir sun’iy intellekt vositasini ishlab chiqdi. Bu haqda “Times of Israel” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, texnologiya hozirda miozit (skelet mushaklarining yallig‘lanishli shikastlanishi) bilan og‘rigan bemorlarda qo‘llanmoqda. Sun’iy intellekt modeli 2000 va 2020 yillar oralig‘ida miozit bilan og‘rigan 89 nafar bemorning EKG skanerlari va tibbiy yozuvlari ma’lumotlarini o‘rgangan. U EKGdagi nozik belgilarni tushuna oladi va mumkin bo‘lgan yurak yetishmovchiligini oldindan bashorat qiladi. Moslamani yaratish uchun o‘tkazilgan tadqiqot rahbari Rambam shifoxonasi (Isroil) doktori Shahar Shellining aytishicha, bu uskuna bemorlar uchun yaratilgan birinchi sun’iy intellektdir.

“Biz sun’iy intellekt modeli orqali EKG testlarini o‘tkazmoqdamiz. U shifokorlar odatda aniqlay olmaydigan tafsilotlarni ko‘radi va kimda yurak yetishmovchiligi xavfi borligini taxmin qiladi. Ko‘pincha yurak disfunksiyalari odamlarning o‘limiga olib kelishini hisobga olsak, bu inson hayotini saqlab qolishi mumkin”, deydi doktor Shelli.

Ta’kidlash joizki, ushbu modeldagi sun’iy intellektdan foydalanish bemorlarning tibbiy ahvoli yomonlashishidan oldin, kasallikning dastlabki bosqichdayoq uni aniqlash va tegishli davolash amaliyotini o‘tkazish imkonini beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu tadqiqot davomida doktor Shelli va uning jamoasi AQSHdagi nufuzli Mayo Clinic tibbiyot markazining kardiologiya bo‘limi tadqiqotchilari bilan hamkorlikda ish olib borgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing