“Yura davriga sayohat” filmi yulduzi 78 yoshida vafot etdi

Olam

image

Yangi Zelandiyalik aktyor Sem Nill, asosan “Jurassic Park” (“Yura davriga sayohat”) filmidagi paleontolog doktor Alan Grant roli bilan tanilgan va 50 dan ortiq filmda suratga tushgan san’atkor, 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Aktyorning oilasi xabarda Sidneyda sodir bo‘lgan o‘lim “to‘satdan va kutilmagan” bo‘lgani, biroq Sem Nill qon saratonidan xalos bo‘lgan holda hayotdan ko‘z yumgani ta’kidlagan. Aktyor joriy yil aprel oyida qon saratoniga qarshi kurashdan keyin xastalikdan to‘liq qutulganini ma’lum qilgan edi.

Tanqidchilar tomonidan “serqirra” va “hamisha ishonchli darajada yuqori saviyada o‘ynaydigan” aktyor sifatida ta’riflangan Nill turli janrlarda bosh rollarni ijro etgan. U 1990 yilgi “The Hunt for Red October” filmida suvosti kemasi ofitseri, 1981 yilgi “Omen III” filmida esa antixrist obrazini gavdalantirgan.

Shuningdek, u ko‘plab dramatik rollarni ijro etgan. Jumladan, Xolli Xanter bilan “The Piano” (1993) va Meril Strip bilan “Evil Angels”, shuningdek “A Cry in the Dark” nomi bilan ham tanilgan 1988 yilgi filmda turmush o‘rtog‘i rolini o‘ynagan.

Nayjel Jon Dermot Nill Shimoliy Irlandiyaning Oma shahrida tug‘ilgan. U yetti yoshida otasi harbiy xizmatdan nafaqaga chiqqanidan so‘ng oilasi bilan Yangi Zelandiyaga ko‘chib o‘tgan.

Nill uch marta “Golden Globe” va ikki marta “Primetime Emmy” mukofotlariga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, u uchta Avstraliya televideniye mukofotini, jumladan 2025 yilda “The Twelve” seriali uchun sovrinni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyun kuni “Qizil sharbat” va “Oila” seriallari yulduzi, 35 yoshli turkiyalik aktrisa Eje Irtem vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar