Yunusobodning sobiq hokimi ustidan sud davom etyapti

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Toshkent shahar Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov ustidan sud ishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan. U 2017 yilning aprel oyidan 2018 yilning sentyabriga qadar Yunusobod tuman xokimi lavozimida ishlagan.

Abdusamatov bilan birgalikda uyushgan jinoiy guruh a’zolari sifatida yana ikki kishi sudlanmoqda. Ular:

O‘lmas Muxamedsaidov (1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz);

Shohruh Malikov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, muqaddam sudlanmagan, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi “Milliy PR-markazi” DUK bosh direktori lavozimida ishlagan).

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar B. Abdumasatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 210-moddasi (pora olish), O‘. Muxamedsaidov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) va Sh. Malikov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi davom etib, guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Abdusamatov

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing