Yunusobodning ayrim hududlari “svet”siz qoldi

Jamiyat

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti soat 09:00 dan 18:00 gacha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumani: “Sharq haqiqati”, “Katta Hasanboy”, “Islomobod”, “Adolat”, “Uchqahramon”  hamda “Nurmakon” MFYlarining ayrim hududlari. 

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing