Yunusoboddagi yong‘in tafsilotlari ochiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni soat 2:34 da poytaxtning  Yunusobod tumanidagi  “Xiyobontepa” mahallasi Bodomzor 10-tor ko‘chasida joylashgan 3-A, 5-A va 3-uylarda yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga jalb etilgan 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi ko‘rgan  harakatlar natijasida yong‘in soat 03:07 da qurshab olingan va 03:19 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 3-A-uyning 120 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in maydoni kengayishi oqibatida 5-A va 3-uylarning 30 kv.metr va 10 kvadrat metr maydondan tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 590 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni qo‘shni binolariga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagani va yong‘inga qarshi devorlar qurilmagani sabab bo‘lgan. 

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda
 


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod yong'in

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing