Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi – BP

3-sahifa

image

Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:50 larda Yunusobod tumani, “Firdavsiy” MFY, Injobod ko‘chasidagi uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.ning murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod  tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing