Yunusoboddagi ko‘chalardan biri sentyabrgacha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalardan biri 1 sentyabrga qadar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangishahar ko‘chasidan TXAY ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 1 sentyabr kuniga qadar yopiladi. "Mega Planet” CKM yaqinidagi chorraha ham bu muddat ichida yopiq bo‘ladi.

“Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi shahar hokimligining xabarida.

Avvalroq, Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi ko‘chalardan biri ham 1 sentyabrga qadar yopilgan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing