Yunusoboddagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning, 22 oktyabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi T.Zoxidov "Delfir" MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Kecha 22 oktyabr kuni soat 10:30 da Yunusobod tumani 19-mavzesi, T.Zoxidov ko‘chasi, 2-uyda joylashgan "Delfir" MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yog‘in soat 10:43 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida shoxobchaning 30 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inga ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik qilingani sababi taxmin qilinmoqda. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing