Yunusoboddagi ikki yildan beri ta’miri tugamayotgan yo‘l cho‘kishni boshladi

3-sahifa

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi avtomobil yo‘lining cho‘kkani aks etgan surat tarqaldi. QALAMPIR.UZ holat bo‘yicha tuman hokimligi Matbuot kotibidan rasmiy izoh oldi.
 
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining 500 metr qismida 40-50 smgacha cho‘kish holati yuzaga kelgan. Shuning uchun ushbu hududda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan.
 
Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
 
O‘rganish ishlari natijasida yo‘lning ta’mirlash ishlari hali yakuniga yetkazilmagani aniqlangan.
 
“Bir necha yillardan buyon ortga surilayotgan yo‘l ta’mirlanishi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda”, deydi hokimlik vakili.
 
Ma’lumot uchun, Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining 556 metrlik qismi 10 oyda 7 marta ta’mirlangani bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va Toshkent shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdorlari Ahmad Donish ko‘chasida avtomobil yo‘lining cho‘kishida aybdor deb topilib, ularga nisbatan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
O‘shanda texnik nazorat talab darajasida olib borilmagani hamda avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari noto‘g‘ri loyihalashtirilgani cho‘kish holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu orqali davlatga 4,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing