Yunusobodda Lacetti yonib ketdi
3-sahifa
−
11 noyabr 1887 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti’da yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:07 da Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:14 da yetib borib, yong‘in soat 11:16 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketgandi. Hodisa oqibatida yuk avtomobilining motor va salon qismlari hamda yukxonasidagi porolon mahsulotlari to‘liq yongan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi