Yunusobodda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi
3-sahifa
−
14 iyul 3945 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni ertalab Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:39 da Axmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:14 da qurshab olingan va soat 08:51 da o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas. Voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Seoul Mun”da joylashgan ovqatlanish maskanlarining birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi