“Seoul Mun”da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
11 iyul 5947 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahridagi “Seoul Mun”da joylashgan ovqatlanish maskanlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, 09:43 da Toshkent shahar FVBga, Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasida “Seoul Mun”da joylashgan ovqatlanish maskanlarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 4 daqiqa ichida yetib borib, yong‘in soat 09:49 da o‘rab olingan va soat 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in kelib chiqqandi. Yong‘in oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmagan.
Live
Barchasi