Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasi qayta nomlandi
Jamiyat
−
24 iyun 2019 5934 1 daqiqa
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirilgan. Ko‘cha nomini o‘zgartirish taklifi “Mahalla” xayriya jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan bildirilgan.
“Mahalla” xayriya jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limining taklifi hamda Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining o‘rganishlari va xulosasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirildi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi