Yunusobod hokimligining sobiq mas’uliga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligining sobiq mas’uli ikki nafar jinoiy sherigi bilan birgalikda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘lim sobiq boshlig‘i ikki nafar jinoiy sherigi bilan bir fuqaroga avtosalondan yangi Malibu rusumli avtomashinani olib berishni va’da qilib, evaziga 30 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan va o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 1 nafari esa tergovdan yashiringani sababli, unga qidiruv e’lon qilingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing