YUNESKO Ukrainada zarar yetkazilgan madaniy ob’ektlar ro‘yxatini e’lon qildi

Olam

image

YUNESKO tashkiloti Rossiya–Ukraina urushi davomida Ukraina hududida zarar yetkazilgan madaniy ob’ektlar sonini e’lon qildi. Binolar ro‘yxati tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi. https://www.unesco.org/en/articles/damaged-cultural-sites-ukraine-verified-unesco

Unda keltirilishicha, joriy yilning 21 noyabr holatiga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan, ya’ni 24 fevraldan buyon jami 218 ta binoga shikast yetkazilgan. Ularning orasida diniy ob’ektlar, muzeylar, badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan inshootlar, yodgorliklar hamda kutubxonalar mavjud. 

YUNESKO bosh direktori Odri Azule bu borada fikr bildirib, 1954 yilda tuzilgan “Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi to‘g‘risida”gi  Gaaga konvensiyasini hurmat qilishga da’vat etgan.

“Ukraina madaniy obidalariga hujumlarni to‘xtatish kerak. Madaniy merosni, har qanday sharoitda bo‘lmasin himoya qilish lozim. Men xalqaro gumanitar huquqni, xususan, “Qurolli mojarolar yuz berganda madaniy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Gaaga konvensiyasini hurmat qilishga chaqiruvimni yana bir bor ta’kidlayman”, deydi u.

Shuningdek, YUNESKO bir nechta ishonchli manbalar, hamkor tashkilotlar bilan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish orqali madaniy ob’ektlarga yetkazilgan zararning qiymatini aniqlashtirayotgani qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, YUNESKOda “Madaniy ob’ekt” atamasi 1954 yilgi “Gaaga konvensiyasi”da to‘liq bayon etilgan. Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra, bu atama ko‘chmas madaniy boyliklar, xususiy mulk yoki milliy inventarda ro‘yxatga olingan, shuningdek, madaniyatga bag‘ishlangan ob’ektlar va yodgorliklarni ifoda etadi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing