“United”da o‘z o‘yinimni qurish uchun vaqt talab qilinadi – ten Xag

Sport

image

“Manchester United” bosh murabbiyi Erik ten Xag “Liverpul”ga (4:0) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida o‘zi xohlagan o‘yin uslubini qurishi uchun juda ko‘p vaqt kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi. 

“Liverpul” o‘yin davomida uch xil tarkibni maydonga tushirdi. To‘g‘risi, ular eng kuchli tarkibda emasdi. Bu natijani ortiqcha baholamasligimiz kerak. Biroq men o‘yinimizda juda yaxshi elementlarni ko‘rdim. Oldinda bizni katta ijodkorlik va tezlik kutmoqda. Bizda salohiyat bor. Ammo menga kerak bo‘lgan o‘yinni qurish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi”, degan mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Manchester United” va “Liverpul” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 12 iyul kuni Bangkokdagi (Tailand) “Rajamangala” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “qizil iblislar” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Jeydon Sancho, Fred, Antoni Marsyal va Fakundo Pelistr mualliflik qilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing