Yo‘nalishli taksilar yo‘lovchi tashishi mumkin bo‘ldi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020 7483 1 daqiqa
O‘zbekistonla 5 sentyabrdan yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.
Qaror bilan 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab yo‘nalishli taksida Damas rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi.
Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:
• yo‘nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta’minlash;
• yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr